Bugun “Nasaf” “Al-Vahda” bilan o‘ynaydi
Sport
−
16:20 481 1 daqiqa
Bugun, 14 oktyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi doirasida BAAning “Al-Vahda” klubini qabul qiladi. Qarshidagi Markaziy stadionda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi.
Hozirgacha mazkur jamoalar o‘zaro ikki marta to‘qnash kelgan. Dastlabki bahs 2002 yilda Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan va unda “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi uchrashuv esa o‘tgan mavsumda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda BAA vakillari xuddi shu hisobda ustun kelgan.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari musobaqaning 1-turida safarda Bahraynning “Al-Xolidiya” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan. “Al-Vahda” esa “Al-Quvayt” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, ayni paytda guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Elit Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. “Neftchi” esa safarda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Live
Barchasi