Bugun Moskvada koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanadi

Olam

image

Bugun, 5 dekabr kuni Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanadi.

Avvalo, har kuni ko‘pchilik bilan aloqada bo‘ladigan moskvaliklar: tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari va shahar ijtimoiy xizmatlar xodimlari emlanadi.

Moskva meriyasining ma’lum qilishicha, emlash uchun allaqachon 5000 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.

Emlash uchun ro‘yxatdan o‘tish 4 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra boshlangan edi. U Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlashni boshlashni buyurgandi.

Rossiyada pandemiya davrida koronavirus infeksiyasining 2,4 milliondan ortiq holati aniqlandi, ulardan 42 mingdan ortig‘i o‘limga olib keldi.

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparatga “Sputnik V” degan nom berildi.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Toshkentga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Cputnik V” vaksinasi namunalari olib kelindi. Namunalar O‘zbekistonga ro‘yxatdan o‘tkazish oldidan tegishli sinovlarni olib borish va mamlakatda vaksina ishlab chiqarishga start berish uchun taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva vaktsina koronavirus

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing