Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi nashrdan chiqdi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2019
54515O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi. Mazkur kitob “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” deb nomlangan. U “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan.
Mazkur kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo‘limdan iboratdir.
Asarning birinchi bo‘limiga mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.
Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar, uchinchi bo‘limdan O‘zbekistonda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabriklar o‘rin olgan.
LiveBarchasi