Bugun koronavirusga chalinganlar qariyb 500 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
23 iyul 2020
13759Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekistonda 498 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 351 nafar bemor sog‘ayib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etildi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi