Bugun necha kishida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni O‘zbekistonda 146 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 136 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing