Bugun quyosh qaysi vaqtlarda tutiladi? (to‘liq jadval)

Bu qiziq

image

Bugun, 21 iyun kuni Halqasimon quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.

Ushbu fazoviy hodisani O‘zbekistonning turli hududlaridan ham kuzatish mumkin. Quyosh tutilishi eng katta natijaga erishgan vaqtida respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida quyosh yuzasining 39 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa quyosh yuzasining 58 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi.

O‘zbekistonning eng janubiy hududi - Termiz shahrida esa bu natija 63 foizgacha yetadi. 


Maqola muallifi

Teglar

quyosh

Baholaganlar

832

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing