Hindiston Quyoshga kema uchirdi

Texnologiya

image

Hindiston kosmik agentligi oyga uyushtirilgan muvaffaqiyatli parvozdan so‘ng o‘zining navbatdagi kosmik kemasini bugun, 2 sentyabrda Quyoshga uchirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  

Kemaning ilk parvozi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ning veb-sahifasida jonli efirda uzatildi. Videoni 860 mingdan ortiq odam tomosha qildi, minglab odamlar esa zondning ko‘tarilishini ko‘rish uchun uchirish joyi yaqiniga yig‘ildi. Keyinchalik mamlakat kosmik agentligi X ijtimoiy media platformasida sun’iy yo‘ldosh orbitada ekanini ma’lum qildi.

"Bu bizga quyoshni, uning dinamikasini, zamonaviy texnologiyalar uchun muhim element bo‘lgan ichki geliosferani, shuningdek, kosmik-ob-havo jihatlarini tushunishga imkon beradi", dedi missiya bosh mutaxassisi Sankar Subramanian.

Hindcha quyosh nomi bilan atalgan Aditya-L1 kemasi Yerdan 150 mln km uzoqlikda joylashadi. U to‘rt oy davomida 1,5 mln km masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan. 

Kemaning ba’zi tarkibiy qismlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan Somak Raychaudhurining fikricha, missiya ilm-fan nuqtai nazaridan “katta portlash” qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, bundan avval uchirilgan Chaandrayan-3 kemasi Hindistonni oyning janubiy qutbiga raketasini qo‘ndirgan birinchi davlatga aylantirdi. Bu orqali u kosmik kemalar poygasida Rossiyani ortda qoldirdi. Rossiya kuchliroq raketaga ega bo‘lsa-da, Luna-25 roverining qulashi sababli Hindiston birinchilikni ilib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) Quyosh ustida tadqiqot o‘tkazish va unga kema uchirish rejasini yaqindagina e’lon qilgan edi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing