O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Jamiyat
−
15 aprel
4267Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari o‘rtasida "Termiz" harbiy poligonida "Do‘stlik" qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Unga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi beshinchi harbiy mashg‘ulot hisoblanadi. 2019 yildan buyon shu paytgacha "Do‘stlik" mashg‘ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o‘tkazilgan.
Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo‘shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etyapti. Shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo‘shilgan.
Mashg‘ulotlarda harbiy bo‘linmalar o‘rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistonda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Xususan, davlat telekanallari, Asian News International axborot agentligi, The Economic Times gazetasi, The Print axborot portali va boshqa ommabop manbalarda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning tarixi va ahamiyati haqida maqolalar chop etilgan.
Ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulotlar 28 aprelgacha davom etadi.
LiveBarchasi