Dam olish kunlari havo harorati 38 darajagacha isiydi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Janubiy hududlarda havo harorati 38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Ertaga, 20 may kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

21 mayda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va 31-33 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 35-38 daraja issiqni tashkil etadi.

19-20 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida 20 may kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 27-29 daraja illiq bo‘ladi. 21 may kuni og‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo quyosh uzgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing