Bugun qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi
Sport
−
07 fevral 2025 7199 1 daqiqa
Bugun, 7 fevral kuni Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Bahslarda 6 ta sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan O‘zbekiston delegatsiyasini chang‘i alpinizmi bo‘yicha terma jamoa a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova bayroqdor sifatida boshlab chiqadi.
7 fevral tongidan o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki ham boshlandi. Short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog O‘zbekiston delegatsiyasining Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlab berdi. 1500 metr masofaga kechgan poyganing chorak finalida qatnashgan yurtdoshimiz 2:30:60 daqiqalik natija bilan yarim finalga yo‘l oldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025