Bugun koronavirusga chalinganlar qariyb 100 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 96 nafar bemorning 81 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi. Bu haqda SSV Matbuot kotibi xabar berdi.

Bugun jami 73 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 64 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda 5 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 429 209 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 380 843 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 26 567 nafar, statsionar karantinda esa 21 799 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

547

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing