Bugun Floyd Meyvezer shoumenga qarshi ringga chiqadi

Sport

image

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni 46 yoshli Floyd Meyvezer 2017 yilda UFC yulduzi Konor Makgregorni mag‘lub etib, o‘z rekordini 50:0 ga yetkazganidan so‘ng professional faoliyatini yakunlagandi. Biroq u ko‘rgazmali janglarda qatnashishda davom etmoqda. Oxirgi marta Floyd noyabr oyida ringga chiqqan va oltinchi raundda bloger Dejini nokautga uchratgan edi.

Meyvezerning ko‘rgazmali jangdagi navbatdagi raqibi britaniyalik Aaron Chalmers bo‘ladi. U realiti-shoularda bosh rolni ijro etish bilan tanilgan. Aaron MMAda ham faoliyat olib borgan. Chalmers so‘nggi uchta jangini Bellator'da o‘tkazgan. Chalmersning professional boksda ham bitta jangi bor. 

“Men Adam But bilan boks zalida mashg‘ulot o‘tkazdim va boks olamida o‘z nomimni qoldirishni xohlayman. Imkoniyatdan foydalanib barcha davrlarning eng zo‘r jangchisiga qarshi ringga chiqishdan faxrlanaman”, deydi Chalmers.

Eslatib o‘tamiz, Floyd Meyvezer – Aaron Chalmers jangi bugun, 25 fevral kuni Londondagi “O2 Arena”da bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Floyd Meyvezer Aaron Chalmers

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing