Bugun Buxoro va Navoiyda chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
09:05 482 1 daqiqa
Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi