Bugun boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi

Sport

−

image

Avval xabar berganimizdek, bugun 19 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu kun doirasida saralash bahslari o‘tkazilib, unda 3 nafar vakilimiz Shunqor Abdurasulov, Bobo-Usmon Boturov va Yodgoroy Mirzayeva ringga ko‘tarilishadi.

Qo‘yida bugun jang qilishi kutilayotgan o‘zbekistonlik bokschilar va ularning raqiblari bilan tanishing:

Erkaklar:

–    64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq) (13:45)
–    69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B. Ganbatar (Mo‘g‘uliston) (16:15)

Ayollar:

–    57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Krishmi (Shri-Lanka) (17:30)

Izoh: Bellashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan taxminan olingan bo‘lib, undan avvalgi bahslar tez yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing