Bugun Bayden va Erdo‘g‘an o‘rtasida tarixiy uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 29 iyun kuni Madriddagi NATO sammiti doirasida Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi. Bu haqda Amerika yetakchisining Oq uy tomonidan tarqatilgan jadvalida aytilgan. 

Qayd etilishicha, Bayden va Erdo‘g‘an uchrashuvida alyansning jamoaviy mudofaasi va xavfsizligi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilinishini kutilmoqda. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:45 (Toshkent vaqti bilan 20: 45)ga belgilangan. 

Oldinroq Oq uy Bayden Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qilgani, suhbat davomida u Madriddagi NATO sammiti doirasida u bilan uchrashishga umid qilgani haqida xabar bergan edi. Erdo‘g‘an Ispaniyaga uchishdan oldin, u bilan telefon suhbatlari chog‘ida Bayden uchrashish istagini bildirganini aytdi. Turkiya rahbari u bilan uchrashuv o‘tkazishga roziligini bildirdi. 

Erdo‘g‘an avvalroq Anqara 18 may kuni alyansga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan Finlyandiya va Shvetsiyaning terrorchilik tashkilotlariga munosabatini aniqlamaguncha NATOga qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni Turkiya, Finlyandiya Prezidentlari, Shvetsiya Bosh vaziri va NATO Bosh kotibi ishtirokida NATO sammiti oldidan to‘rt tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, uch mamlakat Tashqi ishlar vazirlari “Uchlik memorandumi”ni imzoladilar. Memorandumga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda barcha talablarni bajaradi, Turkiyada terroristik tashkilot deb tan olingan tuzilmalar – Kurdiston ishchi partiyasi, Suriya xalq mudofaasi otryadi va FETO bilan muloqotni to‘xtatadi va o‘zi ham ularni terroristik tashkilot sifatida qayd etadi. Qolaversa, milliy qurol-yarog‘ embargosi olib tashlanadi.

Ushbu kelishuvlardan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden Twitter'dagi sahifasiga Finlyandiya Prezidenti va Shvetsiya Bosh vaziri bilan tushgan suratini joylashtirib, Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiyani o‘zaro muloqotning muvaffaqiyatli yakuni bilan tabrikladi


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Jo Bayden

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing