Bugun “Barselona” “Espanol”ni mag‘lub etsa, La Liga chempioniga aylanadi

Sport

image

Bugun, 15 may kuni Ispaniya La Ligasi 36-turida “Barselona” mehmonda “Espanol”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yinda “ko‘k-anorraglilar” g‘alaba qozonsa, 2024/25 yilgi mavsum La Liga chempioniga aylanadi.

15 mayga o‘tar kechasi 36-turda “Barselona”ning eng yaqin ta’qibchisi “Real Madrid” 90+5-daqiqada Ramonning goli evaziga “Malorka”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga teng durangdan qutulib qoldi. Kataloniya va Madrid klublari o‘rtasidagi farq ayni vaqtda 4 tani tashkil etadi. Shu sabab, “Barselona” g‘alaba qozonsa, mavsum yakuniga 2 tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Espanol” – “Barselona” o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 16 mayga o‘tar kechasi 00:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Espan'ol La Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing