Bugun Bahodir Jalolov jang qiladi

Sport

image

Bugun, 21 iyun Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRICS sport o‘yinlarining boks bahslari davom ettiriladi. Musobaqaning yarim finalida boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Yarim finalda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov mezbon sportchi David Surovga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang kun doirasidagi boks bahslarini yakunlab beradi.

Bugun ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati:

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Asilbek Amanqul uulu (Qirg‘iziston);
  • -51 kg: Asilbek Jalilov – Bair Batlayev (Rossiya);
  • -54 kg: Shahzod Muzafarov – Adilet Qochqinbekov (Qirg‘iziston);
  • -57 kg: Xudoynazar Fayzov – Maksim Pankov (Rossiya);
  • -60 kg: Dilshod Abdumurodov – Arshak Tovmasyan (Rossiya);
  • -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov – Ilya Popov (Rossiya);
  • -67 kg: Shavkatjon Boltayev – Guram Gagiyev (Janubiy Osetiya);
  • -71 kg: Havasbek Asadullayev – Sirgak Abdijonar (Qirg‘iziston);
  • -75 kg: Javohir Ummataliyev – Mirsharif Kazimzade (Ozarbayjon);
  • -80 kg: To‘rabek Habibullayev – Rahemandu Halimulati (Xitoy);
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev – Vadim Shebliykin (Rossiya);
  • -92 kg: Madiyor Sayidrahimov – Vatan Huseynli (Ozarbayjon);
  • +92 kg: Bahodir Jalolov – David Surov (Rossiya).

Ma’lumot uchun, janglar Toshkent vaqti bilan 14:00 dan keyin boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing