Bugun Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatov Olimpiada medalini naqd qilishi mumkin
Sport
−
02 avgust
29853Bugun, 2 avgust kuni o‘zbekistonlik 9 nafar atlet Olimpiada o‘yinlarida o‘z ishtirokini amalga oshiradi.
Dzyudo bahslarida +100 kg da Alisher Yusupov medallar uchun kurashga kirishadi.
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar ham Parijdagi yurishiga start beradi. Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida o‘z chiqishini amalga oshirsa, uch hatlab sakrashda Sharifa Davronova medallar uchun kurashadi.
Kamondan otishda Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova miks bellashuvlarida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
O‘zbekistonga eng ko‘p medal olib kelishi kutilayotgan boks janglarida Olimpiada chempionlari Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov va To‘rabek Habibullayev chorak final bahslarida qatnashadi. Chorak finaldagi g‘alaba har uch bokschiga kamida Olimpiadaning bronza medalini keltiradi. Ayollardan esa Sabina Boboqulova chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.