Bugun “Andijon” “Arkadag‘” bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 26 noyabr kuni “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-guruh bosqichi doirasidagi 5-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Akmal Shorahmedov shogirdlari o‘z maydonida Turkmanistonning “Arkadag‘” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Bobur Arena” stadionida soat 18:45 boshlanadi.

“Bu o‘yinni anchadan beri kutib kelyapmiz. Biz uchun juda muhim o‘yin. “Arkadag‘”ni qanaqa jamoaligini bilamiz. Lekin ko‘proq o‘z o‘yinimizni to‘g‘rilab, uni kuchaytirib, birinchi navbatda uyda o‘ynayotganimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Raqibni hurmat qilamiz, ammo gol urish payti ham keldi. Faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Asosiysi, o‘yinni kuchaytirgan holda to‘p suramiz. Ularni qanday harakat qilishi biz uchun ahamiyatsiz”, deydi Akmal Shorahmedov o‘yin oldi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, ayni damda “Andijon” OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichining “B” guruhida 4 ta uchrashuvdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa ortda qolgan turlarda biror marta gol urmagan va o‘z darvozasidan ham top olib chiqmagan. “Arkadag‘” jamoasi esa 3 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan guruhda so‘ngi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Andijon” “Arkadag'” Chempionlar ligasi 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing