Bugun “Andijon” “Al Xoldiya” mehmoni bo‘ladi
Sport
−
05 noyabr 1405 1 daqiqa
Bugun, 5 noyabr kuni “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-guruh bosqichi doirasidagi 4-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Maksim Shatskix shogirdlari Bahraynda “Al Xoldiya” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv “Al-Muxarrak” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 boshlanadi.
Mazkur bellashuvni janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Chae Sangheopga qanotlarda hamyurtlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. Zahira hakami gonkonglik Vong Vai Lun.
“Bu uchrashuvga har doimgidek – chempionat va OCHL bahslaridagi tayyorgarlik kabi hozirlik ko‘rdik. Men ishonamanki, hamma turnir jadvalidagi holatni biladi. Ushbu uchrashuv muhimligini ham bilib turibmiz. Biz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va tayyormiz. Qanaqa natija bo‘lishini ertaga o‘yindan keyin ko‘ramiz”, deydi Maksim Shatskix o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, ayni damda “Andijon” OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichining “B” guruhida 3 ochko to‘plagan holda 3 o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi