Bugun Afg‘onistonda ikki marta zilzila ro‘y berdi
Olam
−
25 may 2023 6069 1 daqiqa
Bugun, 25 may kuni Afg‘onistonda yarim kun ichida ikki marta 4-4,1 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da (Grinvich bo‘yicha 24 may 23:30 da) Afg‘onistonda 4,1 balli zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari:
- 36,43 gradus shimoliy kenglik;
- 71,13 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 563 km janubi-sharqda joylashgan.
Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan 16:00 da (Grinvich bo‘yicha 11:00 da) Afg‘onistonda 4 balli zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari:
- 37,04 gradus shimoliy kenglik;
- 71,11 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Yer silkinishining o‘chog‘i 229 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 497 km janubi-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 may kuni Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila yuz bergan edi. O‘sha kuni O‘zbekistonda ham zilzila kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonda zilzila sezilganini tasdiqlamagan.