Bugun Abdusattorov xitoylik shaxmatchiga qarshi dona suradi
Sport
−
26 yanvar 2024 5411 1 daqiqa
Bugun, 26 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2024” turnirining 11-tur o‘yinlari boshlanadi. Mazkur turda yetakchilar safida borayotgan o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov xitoylik Ju Venjun bilan bahs olib boradi.
Shunday qilib, yana 3 ta turdan so‘ng musobaqa o‘z poyoniga yetadi. Venjundan tashqari Abdusattorov Santosh Gujrathi Vidit va Aleksandr Donchenkoning to‘sig‘idan o‘tishi kerak.
Hozirga kelib o‘zbekistonlik grossmeyster 10 ta imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida hindistonlik Gukesh Domarju bilan peshqadamlik qilmoqda.
Qayd etish joiz, Gukesh 11-turda eronlik Alirizo Feruzja bilan bahs olib boradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr