Bugun Abdusattorov xalqaro turnirda germaniyalik shaxmatchiga qarshi o‘ynaydi 

Sport

image

Ayni kunlarda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri davom etmoqda. Bugun, 21 fevral kuni musobaqaning 5-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu turda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda bahs olib boradi. 

Hozirgi vaqtda Nodirbek 4 imkoniyatdan 2 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida qo‘shimcha imkoniyatlarga ko‘ra, 6-o‘rinni band etib turibdi. AQSH vakili Levon Aronyan esa 3 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. 

“WR Chess Masters”. 5-tur 

Yan Nepomnyashiy (Rossiya) – Dommaradju Gukesh (Hindiston);

Andrey Yesipenko (Rossiya) – Uesli So (AQSH);    

Levon Aronyan (AQSH) – Anish Giri (Niderlandiya);    

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) – Yan-Kshishtof Duda (Polsha);

Vinsent Keymer (Germaniya) – Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston).


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Anish Giri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing