Bugun 8 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
11:00 1925 1 daqiqa
Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, poytaxtda ham shamol tezligi 11–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi