Bugun 8 hududda kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘ladi

Bu qiziq

image

Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, poytaxtda shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing