Bugun 8 hududda qariyb 500 kishi sog‘aydi
Jamiyat
−
01 Oktabr 2020
10017Bugun, 1 oktyabr kuni O‘zbekistonda 465 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 472 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 498 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 57 290 nafar bemordan 53 955 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2863 nafar bemordan 556 nafari og‘ir, 262 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi