Bugun 5 hududda aholi orasidan 50 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kuni O‘zbekistonda 278 holatda koronavirus qayd etildi. Shundan 218 nafari Karantin muassasalarida, 50 nafari aholi orasida (shundan 35 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida), 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 126 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 40311 nafar, statsionar karantinda esa 24576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing