Bugun 488 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni O‘zbekistonda 578 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 488 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 953 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing