Bugun 402 kishida koronavirus aniqlandi, 7 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekistonda 402 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 564 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 348 nafar bemordan 35 551 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 517 nafar bemordan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing