Bugun 300 dan ortiq odamda COVID-19 aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekistonda 316 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 518 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 334 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62371 nafar bemordan 59 429 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 424 nafar bemordan 316 nafari og‘ir, 99 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing