Bugun 251 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2020 8661 1 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni O‘zbekistonda 251 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 563 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 265 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 705 nafar bemordan 63 978 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 164 nafar bemordan 267 nafari og‘ir, 73 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr