Buffon ham faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Italiya B Seriyasidagi “Parma” klubi darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan Saudiya klubi 45 yoshli darvozabonga bir mavsum uchun 15 million yevro maosh bilan 2025 yilgacha shartnoma taklif qilgan.

Bir vaqtning o‘zida futbolchi ikkinchi taklif haqida o‘ylab ko‘rish uchun vaqt ajratishga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, Buffonning B seriyadagi “Parma” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil iyun oyigacha tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Janluiji Buffon Parma B seriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing