Budanov mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokara o‘tkazish tamoyillarini aytdi

Olam

image

Ukraina mahbuslarni ozod qilishda birinchi navbatda og‘ir kasal va og‘ir yaralangan odamlarni, shuningdek, ayollarni qaytarishni talab qilmoqchi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov ma’lum qildi.

Buning uchun dastlab Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qilish bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabida Jamoatchilik kengashi tuziladi. Budanovning so‘zlariga ko‘ra, jarayonni olib borishda eng uzoq vaqt asirlikda bo‘lganlarga imtiyoz beriladi.

“Shuningdek, biz fuqarolik mahbuslarini, xususan, 2014 yildan beri asirlikda bo‘lganlarni qaytarish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilamiz. Mariupol himoyachilariga, xususan, “Azovstal”ni himoya qilganlarga alohida e’tibor qaratiladi. Qrim tatarlarini ham unutmaymiz”, deb tushuntirgan Budanov.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiya asirligida mamlakatning 1917 nafar harbiy xizmatchisi va xodimlari bor. Shulardan 1368 nafari “Azovstal” – Mariupoldagi Azov dengizi sohilida joylashgan metallurgiya zavodi himoyachilaridir.

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumidan so‘ng, Rossiya Ukraina bilan asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumi paytida yuzlab rus askarlarini asirga olgan. Rossiya mahbuslarni almashish masalasini muhokama qilish uchun Ukrainaga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida 102 nafar rossiyalik mahbus asirga olinganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar orasida “Axmat” bo‘linmasi zobitlari va vakillari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Budanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing