Buchadagi qirg‘inda Navalniyning qarindoshi ham o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya qo‘shinlarining Bucha shahriga (Ukraina) qilgan hujumida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning uzoq qarindoshi Ilya Navalniy ham o‘ldirilgan. Bu haqda BBC News’ga ularning qarindoshi, Novoye Zalese qishlog‘i rahbari Pavel Navalniy xabar bergan.  

“Ha, Ilya Alekseyning uzoq qarindoshi edi”, degan Pavel Navalniy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning boshqa, ancha yaqin qarindoshlari Kiyev viloyatining Rossiya tomonidan bosib olinishi davrida hech qanday zarar ko‘rmagan. 

Qayd etilishicha, Ilya Navalniyning jasadi yonidan uning pasporti topilgan. Mutaxassislar uning ko‘krak va boshida o‘q jarohatlari borligini aniqlagan. Uning jasadi Buchadagi cherkov yaqinidagi qabrdan topilgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Buchada kamida 400 kishi halok bo‘lgan. Hozirda ekspertlar o‘ldirilganlarning jasadlarini ommaviy qabrlardan olib chiqmoqda.

“Bucha qirg‘ini” 

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan. 

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan. 

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi. 

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan. 

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing