Bucha qirg‘iniga bosh bo‘lgani aytilgan ofitserning unvoni ko‘tarildi

Olam

image

Rossiya Qurolli Kuchlarining 64-alohida motoo‘qchi brigadasi komandiri Azatbek Omurbekov polkovnik unvoniga ko‘tarildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, ommaviy axborot vositalarida Kiyev viloyatining Bucha shahrida tinch aholini shafqatsizlarcha o‘ldirishda aynan 64-alohida motoo‘qchi brigadasi qatnashgani aytib kelinmoqda.

“Uch hafta davomida polkovnik Omurbekov boshchiligida ishg‘ol qilingan chiziqdagi brigada bo‘linmalari dushmanning tanklar, piyoda askarlarning jangovar mashinalari va og‘ir artilleriya vositalaridan foydalangan holda [amalga oshirgan] 50 dan ortiq hujumlarini qaytardi. Azatbek Omurbekov tomonidan egallab olingan mudofaa pozitsiyalarining yaxshi qurilgan tizimi, asosiy yo‘nalishlardan birining nazoratini ta’minladi”, deyilgan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabarida.

40 yosh atrofida ekani taxmin qilinayotgan Omurbekov 2014 yilda Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan. 

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan. 

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi. 

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan. 

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing