“Bu juda katta masala janob hokim va prokurorlar”. Prezident kadastrdagi muammolar ortida korrupsiya borligini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjud. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z bordi.

“Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi. 

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz. Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi”, dedi Prezident.

Yig‘ilishda, shuningdek qayerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini kredit garovi sifatida qo‘ya olmay, hatto na uni sota olmay qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing