Bu yil eng yosh abituriyent 13 yoshda, eng kattasi 95 yoshda – DTM
Jamiyat
−
22 iyul 2020
104052020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 13 yoshli abituriyent ham ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.
Bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91 ta oliy ta’lim muassasacida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.
Shundan, 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari 536 ming 144 nafarni tashkil etdi. Tanlov ko‘rsatkichi o‘rtacha bir o‘ringa 10,57 abituriyent ishtirokiga to‘g‘ri keladi. Eng yosh abituriyent 13 yosh, eng yoshi katta talabgor esa 95 yoshda.