Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan

Jamiyat

image

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ushbu yig‘ilishda bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan bo‘lsa-da, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha aniqlanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Masalan, bog‘ uchun Qoraqalpog‘istonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzacho‘l, Zafarobod, Sharof Rashidov, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyo‘l shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida ko‘chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

Avtomobil va temiryo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, ko‘chada, ko‘p qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni ta’minlash ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qurilish tashkilotlari, sement, g‘isht, ohak, neft-gaz va kimyo, bo‘yoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyati bilan atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siriga yarasha daraxt ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'chat “Yashil makon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing