Bugun Shavkat Mirziyoyev ko‘chat ekadi
Jamiyat
−
01 aprel 4162 1 daqiqa
Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start beradi. Tadbirga O‘zbekistonning 14 ta hududi videoaloqa orqali ulanib, ularda ham yashil bog‘lar tashkil etish ishlari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Bektemir tumanida asos solingan bog‘ga davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga ko‘chat ekkandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel