Qirg‘iziston O‘zbekistonning 80 mingdan ortiq ko‘chatini qaytarib yubordi

Olam

image

Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi “Qizil-Qiya” fitosanitariya nazorati posti inspektorlari yirik partiyadagi ko‘chatni olib kirishga bo‘lgan urinishni to‘xtatib qoldi. O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti xodimlari O‘zbekistondan 80 ming 520 dona ko‘chat olib kelayotgan yuk mashinalarining kirishini taqiqladi. Bu haqda Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi xabar berdi.

Idora mutaxassislari yukni ortga qaytarish qarorini Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 13 fevraldagi qaroriga asosan qabul qilgan. Ushbu hujjat bilan mamlakatga meva-rezavor ekinlarining muayyan navlarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy etilgan.

Tekshiruv davomida o‘simlik navlari importga ruxsat berilganlar ro‘yxatida yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Shu munosabat bilan 80 ming 520 dona ko‘chat O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.

“Departamentning Botken boshqarmasi mahalliy agrosektorni himoya qilish siyosati doirasida kuchaytirilgan nazoratni davom ettirmoqda. Cheklovlar navlarni olib kirishni tartibga solish va fitosanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston chegarasidan somon ustiga ortilgan 21 tonna O‘zbekiston qovuni qaytarib yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston ko'chat Botken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing