Bu yil abituriyentlar qaysi fanlardan nechta test topshirishi tasdiqlandi

Jamiyat

image

2025/2026 o‘quv yilida bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari o‘tgan yilgi qabuldek qoldirilgan.

Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
  • 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
  • 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq test topshiriladigan fanlar majmuasi va javoblar varaqasi tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

abiturient test

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing