Bu yaramas aloqam yo‘q deyapti – Lukashenko raqibini korrupsiyada aybladi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining siyosiy raqibi Viktor Babarikoni korrupsiyada aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Bunday ayblov Babariko boshqargan Rossiyaning “Gazprombank”ida tintuv o‘tkazilgach, tarqaldi. Tintuv soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi doirasida o‘tkazildi. Babariko Belarusda bu yil o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida Lukashenkoga raqib bo‘layotgandi.

Babariko tintuvni “siyosiy bosim” deb atadi. Ammo Lukashenko bu ayblovni inkor qildi.

“Meni eng ko‘p bu yaramas, men uni boshqacha atay olmayman, “Mening bunga aloqam yo‘q. Aynan ular aybdor”, deyishi hayratlantiryapti. Qaranglar, ular faqatgina o‘rinbosar bo‘lmagan. Ular bir to‘da”, degan Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Belarus parlamenti prezidentlik saylovlarini 2020 yil 9 avgust kuni o‘tkazishni belgiladi. Mamlakatni 26 yildan beri boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko rasman oltinchi muddatga nomzodini ilgari surdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, saylovni ko‘chirishga hech qanday asos yo‘q, ular koronavirus pandemiyasiga qaramay, Konstitutsiyada belgilangan tartibda o‘tkazilishi kerak.

Lukashenko saylovdagi raqiblarini tanqid qilib, ular “mamlakatni qo‘lga kiritmasligini” ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing