Bu o‘ziga xos ittifoqchilik namoyishi – Putin Mirziyoyev bilan uchrashdi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga tashrifi dasturining birinchi tadbiri o‘laroq oliy darajadagi muzokaralar bo‘ldi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kremlda O‘zbekiston rahbarini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

"Uchrashuv boshida Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Buyuk G‘alabaga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi", deyiladi xabarda.

Vladimir Putin O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor ertaga, 24 iyun kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etishi haqida so‘z yuritar ekan, "bu o‘ziga xos ittifoqchilik munosabatlarimizning yaqqol namoyishi" ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing