“Bu tashkilotimiz tarixidagi eng katta yo‘qotish”. Guterrish o‘ldirilgan BMT xodimlari haqida gapirdi

Olam

image

2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida BMTning 152 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

Guterrishning qayd etishicha,  insonparvarlik yordamini yetkazayotgan xodimlar katta bosim ostida harakatlanib, ularga hech qanday xavfsizlik kafolati berilmaydi. Shunga qaramay, xodimlar anklavda jonlarini xatarga qo‘yib, jabrlanayotganlarga yordam ko‘rsatyapti.

“7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida BMTning 152 nafar xodimi halok bo‘ldi, bu tashkilotimiz tarixidagi eng katta yo‘qotish", deydi Guterrish.

Avvalroq, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu g‘alabaga qadar urushni davom ettirishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, G‘azoda 75 kunlik to‘qnashuvlar davomida BMTning 136 nafar xodimi o‘lgani bildirilgan. 2023 yilning noyabr oyida esa Bosh kotib G‘azo bolalar qabristoniga aylanayotganidan tashvishda ekanini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish G'azo sektori xodimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing