G‘alabaga qadar urushni davom ettiramiz – Netanyaxu

Olam

image

Isroil xalqaro bosimga qaramay, G‘azo sektorida HAMASga qarshi urushni g‘alabaga qadar davom ettiradi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat janubidagi harbiy bazaga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

"Hatto xalqaro bosimga qaramay biz oxirigacha, g‘alabaga qadar davom etamiz. Bizni hech narsa to‘xtata olmaydi", deydi Bosh vazir.

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant avvalroq HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi tuzilmasi barbod bo‘lish arafasida turgani va uning jangarilari tobora ko‘proq taslim bo‘layotganini iddao qilgandi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar mintaqa shimolidagi jangchilarning so‘nggi tayanch nuqtalarini o‘z nazoratiga olib, burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa kuchlari HAMAS joylashgan tunnel majmuasiga dengiz suvini quya boshlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made