“Bu tabrik emas”. Shveysariya Prezidenti saylovdagi g‘alabasidan keyin Putinga xat yozdi

Olam

image

Shveysariya Prezidenti Viola Amxerd Rossiya rahbari Vladimir Putinga saylovdagi navbatdagi g‘alabasidan so‘ng maktub yo‘lladi. Bu haqda “Blick” nashri mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Lorens Frishknextga tayanib xabar berdi.

“Bu maktub tabrik emas”, deydi Lorens Frishknext nashrga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktubda Rossiya Prezidentining yangi vakolat muddatini hisobga olgan holda bir nechta mavzular ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xatda 22 mart kuni “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt qurbonlari hamda Rossiya hududlarida suv toshqini oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildirilgan.

Lorens Frishknext Amxerdning maktubini “qiyin paytlarda muloqotga chaqiriq” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Ularning natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin 87,28 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Shveytsariya Viola Amxerd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing