Bu Ronalduning navbatdagi shousi — Karrager

Sport

image

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan shov-shuvli intervyusiga izoh berdi.

Jurnalist bilan suhbatda Ronaldu Ten Xag va "Manchester Yunayted" rahbarlari haqida keskin fikr bildirdi.

“Ronalduning MYUdagi ikkinchi hikoyasi shu tarzda yakunlanishi kerak edi. Shubhasiz, "Manchester Yunayted" Ronalduni qaytarib olib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu Krishtianuning navbatdagi shousi. U har doim diqqat markazida bo‘lishni xohlaydi. Futbolchi klubdan ketishni xohlamoqda, Krishtianuning gaplari shunga ishora. Ko‘rinishidan, Ronaldu haqiqatan ham "Manchester Yunayted"dan ketish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda", deydi Jeymi Karrager.

Ma’lumot uchun, Ronaldu "qizil iblislar" safiga qaytgach 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing