“Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi”. Mirziyoyev iqtisodni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
Jamiyat
−
16 yanvar
4927Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda o‘ziga katta mas’uliyat va javobgarlikni oladi.
Endi vazir o‘rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo‘lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.
Belgilangan rejalarga erishish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada Hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Prezident 2024 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Joriy yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.
Lekin, o‘tgan yili sanoat 6 foiz o‘sgani bilan, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 foizdan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
“Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Bular asosan importga qaramlik va energiya iste’moli yuqoriligi hamda ortiqcha xarajatlar ko‘pligi sababli bo‘lmoqda”, deydi davlat rahbari.
Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan bo‘lsa-da, ko‘p tarmoqlar davlatga tushumni ta’minlash o‘rniga xarajatini oshirayotgani qayd etilgan. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq o‘sgani kuzatilgan.