Bu mutlaqo mumkin emas — Musulmonlar idorasi eshak go‘shti sotilayotgani haqida
Jamiyat
−
07 iyun 2021
12385So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning turli hududlarida eshak go‘shti sotilayotgani haqida xabarlar tarqalyapti. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Islom dinida eshak go‘shtini sotish va iste’mol qilish mumkinmi, degan savolga javob berdi.
“Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu mutlaqo mumkin emas. Chunki shariatda “istemoli nojoiz bo‘lgan narsaning savdosi ham nojoiz” degan qoida bor. Eshak go‘shtining haromligi “Haybar” g‘azoti kunida Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taraflaridan bayon qilingan ochiq haqiqatdir. Bunga Imom Buxoriy o‘z sahihlarida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilib keltirgan hadis dalil bo‘ladi.
“Nabiy sallallohu alayhi vasallam Haybar kunida eshak go‘shtini yeyishdan qaytardilar va ot go‘shtiga ruxsat berdilar”. (Imom Buxoriy rivoyati)”, deyiladi O‘MI xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida “eshaklar qabristoni” topilgandi. Shuningdek, aprel oyida Qashqadaryoda eshak go‘shtini sotgan odamlar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi