Qashqadaryoda eshak go‘shtini pullayotganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
10 aprel 2021
13785Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida xonadonida eshak so‘yib, go‘shtini sotayotganlar ushlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 5 aprel kuni Qarshi shahar “Arabxona” MFY Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro X.Sh.ning xonadonida yana bir fuqaro X.J. eshak hayvonlarini so‘yayotgani viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qarshi shahar IIO FMB hodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida aniqlangan.
Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va ularning ajratilgan terilari, uyning xonalaridan birida eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht maxsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki organlari aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.
Fuqaro bilan surishtiruv ishlari vaqtida u eshak go‘shtini sotish maqsadida so‘yishini ma’lum qilgan.
Qarshi shahar veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga olingan lahm go‘sht mahsulotlari yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini mikrobiologiya vetenariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi ma’lum qilingan.
Natijada olingan lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr